Messi PSJga o‘ziga o‘xshagan futbolchi tanlab berdi

  • 11.04.2022 19:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, “Latsio”ning 17 yoshli futbolchisi Luka Romero yozda Parijga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manbaning ta’kidlashicha, PSJ yulduzi Lionel Messi bu futbolchini olishni klub rahbariyatiga shaxsan o‘zi maslahat bergan. Leo vunderkindning harakatlarini Argentina terma jamoasidagi mashg‘ulotlar chog‘ida ko‘rgan.

Luka Romero “Latsio” bilan 2021 yilning yozida shartnoma imzolagan edi. Rimliklar argentinalik hujumkor o‘yinchi uchun atigi 200 ming evro to‘lagan. Avval Luka “Malorka” sharafini himoya qilgan. Luka La ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan.

“Malorka” safida “Real”ga qarshi o‘yinda debyutini nishonlagan Romero atigi 15 yoshu 219 kunlik edi.

Shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan vunderkindi ayni paytda bir million evroga trasnfer qilish imkoni bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!