Messi "PSJ"ning navbatdagi bahsida maydonga tusha olmaydi
"PSJ" hujumchisi Lionel Messi JCh-2022 payti klublar uchun yuzaga kelgan tanaffusdan keyin jamoaning birinchi o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Adrien Grene.
Ayni damda 35 yoshli argentinalik futbolchi jahon chempioni bo‘lganidan keyin vatanida bo‘lib turibdi. Klub futbolchining mundialdagi muvaffaqiyatini o‘z yurtida nishonlamoqchi ekanligini tushunadi va biroz kutmoqchi. Uning 2022 yil oxirigacha Parijga qaytishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, "PSJ" 28 dekabr kuni Frantsiya chempionatining 16-turida "Strasburg"ga qarshi maydonga tushadi. Ayni dam jamoa Liga 1da 41 ochko bilan birinchi pog‘onani band etgan.
Fikrlar