Barcha orzulariga erishib bo‘lgan Messi qachongacha to‘p tepishini aytdi

  • 1 noyabr, 2023, 10:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Lionel Messi uch yil muqaddam “Barselona”ni tark etganidan keyin asosan uchta maqsad sari kurashgan edi. Ulardan ikkitasi ushaldi. Leo Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Nihoyat, “Oltin to‘p” sovrini sakkizinchi  marotaba qo‘lga kiritdi. Oradan PSJ bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmagani yagona armon bo‘lib qoldi.

Argentinalik yulduz yana qachongacha to‘p tepishi haqidagi savollarga quyidagicha javob berdi.

- Yana uzoq muddat o‘ynamoqchiman, lekin anig‘ini bilmayman. Jismonan o‘zimni qanday his qilishimga qaraymiz. Shu bois, aniq bir sanani ayta olmayman. O‘zim bu holat imkon qadar uzoq davom etishiga umid qilaman. Chunki o‘zim yaxshi ko‘rgan ish bilan shug‘ullanyapman, - dedi Lionel Messi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!