Messi Ronalduga bosim o‘tkaza boshladi

  • 17.09.2026 14:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi “Krus Asul”  jamoasiga (2:0) qarshi Kampeones kubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda gol urdi. 81-daqiqada yakuniy hisobni yarim himoyachi Kazemiro Messining uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qilib o‘rnatdi.

39 yoshli argentinalik futbolchi 24-daqiqada gol urdi.

Bu gol Messi faoliyatidagi 929-gol bo‘ldi — u bu natijaga 1175 ta uchrashuvda erishdi. Shuningdek, bu gol argentinalik futbolchining “Inter Mayami” safidagi 100-goli bo‘ldi. Hujumchining hisobida yana 424 ta golli uzatma bor.

“An-Nasr” 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu  jahon futbolida eng ko‘p gol urgan o‘yinchi hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz 1337 ta uchrashuvda 979 ta gol urgan va 261 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Lionel Messi Ronalduga yetib olishi uchun 50 ta gol farq qilmoqda. Keyingi paytda argentinalik hujumchi raqobatchisiga nisbatan ko‘proq gol uryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!