Messi “sindirishdi”, lekin u qon oqizib bo‘lsa ham o‘yinni oxiriga etkazdi! (foto)

  • 07.07.2021 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi etakchisi Lionel Messi Amerika kubogi yarim finalida Kolumbiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni jarohat bilan yakunladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, vaziyatlardan birida raqib himoyachisi Frank Fabra ehtiyotsizlik qilib, Messining  to‘pig‘iga zarba berib yubordi. Zarbaning kuchidan oyoq terisi yorilib, qonay boshladi.

16256583941017559182

Messi jarohatga qaramay, o‘yinni oxirigacha etkazdi va penaltilar seriyasida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Frank Fabra uchrashuvdan keyin Messining oldiga kelib, uzrini aytdi va uning futbolkasini so‘radi.

Argentina Amerika kubogi finalida Braziliyaga qarshi  to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!