Messi sog‘aydi!
PSJ hujumchisi Lionel Messi koronavirusdan sog‘aydi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchining kecha 4 yanvar kuni topshirgan test javoblari manfi chiqqan. Shundan so‘ng u oilasi bilan birga Argentinadan Frantsiyaga uchib ketgan.
34 yoshli futbolchi tez orada PSJ mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Messi joriy mavsum PSJ safida jami 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar