Messi tez yaqinlashyapti, Ronalduning rekordidan xavotirda

  • 28.09.2026 07:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLS doirasida «Kolambus Kryu»ga qarshi uchrashuvda gol urdi. 39 yoshli argentinalik futbolchi 33-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol qildi.

Bu gol Messi faoliyatidagi 931-gol boʻldi. U mazkur natijaga 1177 ta oʻyinda erishdi.

Shuningdek, bu gol argentinalik futbolchining «Inter Mayami» safidagi 102-goli va 2026 yildagi mavsumdagi 21-goli boʻldi. Messi hisobida yana 424 ta golli uzatma ham bor.

«An-Nasr»ning 41 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa 1338 ta uchrashuvda 979 ta gol urgan va 261 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» safida oʻynamoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Messi «Inter Mayami» bilan beshta sovrinni qoʻlga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!