Messi ketma-ket uchinchi mundialda penal’tidan gol ura olmadi

  • 22.06.2026 22:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Jahon chempionatlarida uchinchi musobaqa ketma-ket penalti aniqlik bilan amalga oshira olmadi.

2026 yildagi mundial guruh bosqichi 2-turida Avstriyaga qarshi kechayotgan uchrashuvning 7-daqiqasida argentinaliklar penalti ishlab oldi.

11 metrlik jarima zarbasini bajarish uchun to'p qarshisiga kelgan 38 yoshli Messi zarbani chap oyog'i bilan yo'lladi, ammo to'p darvozaning o'ng pastki burchagi yonidan o'tib ketdi.

Shu tariqa, Argentina sardori Jahon chempionatlarida uchinchi musobaqa ketma-ket penaltidan foydalanolmagan holatni qayd etdi.

Messi 2022 yildagi Jahon chempionatida Polshaga qarshi bahsda ham penalti golga aylantira olmagan edi. Undan avval esa 2018 yildagi mundialda Islandiya darvozabonini 11 metrlik nuqtadan mag'lub eta olmagan.

Qayd etish joiz, Argentina va Avstriya o'rtasidagi uchrashuvning birinchi bo'limi mazkur xabar yozilayotgan vaqtda 0:0 hisobida davom etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!