
Messi umrida ko‘rmagan ish sodir bo‘ldi
Chempionlar ligasining chorak finalida “Bavariya” futbolchilari “Barselona”ni tom ma’noda yanchib tashladi – 8:2.
Bu har qanday o‘yinda jamoasining g‘alabasini ta’minlashga qodirligi maqtalgan “Barselona” sardori Lionel Messining uzoq yillik faoliyatida eng yirik hisobdagi mag‘lubiyat bo‘ldi. Argentinalik hujumchining o‘zi birorta gol urolmadi.
Bungacha Messi faoliyatidagi eng yirik mag‘lubiyat 2009 yili terma jamoada qayd etilgandi. O‘shanda Argentina kutilmaganda Boliviyaga 1:6 hisobida yutqazib qo‘ygan edi.
Fikrlar