Messi va Mbappe o‘rtasidagi ziddiyat bormidi?

  • 12 iyun, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe azaldan PSJda janubiy amerikaliklarning ta’siri katta ekaniga qarshi edi. Uning talabi bilan o‘tgan yili klub rahbariyati bir necha argentinalik o‘yinchilarni jamoadan ketkazib yuborgandi.

Tecno

Nihoyat, Lionel Messi ham Parijni tark etdi. Ko‘pchilikni Kilian Mbappe va Lionel Messining o‘zaro munosabati qiziqtirmoqda.

O‘z vaqtida PSJda o‘ynagan “Atletik” yarim himoyachisi Ander Errera bu masalaga oydinlik kiritib berdi.

- Men bu futbolchilar bilan o‘ynaganman. Messidan futbolchi sifatida hayratlanardim. Jamoadosh va inson sifatida hayratim bir necha baravar yuqori bo‘ldi.

Messining Mbappe bilan ziddiyati bo‘lgani haqidagi gap-so‘zlarning bari yolg‘on. Ommaviy axborot vositalari nega bitta futbolchini ko‘klarga ko‘tarib, ikkinchisini er bilan bitta qilishini hech tushunmayman, - dedi Ander Errera.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!