Messi va Ronalduni oʻrtasidagi tarixiy bahs tugadi. Gʻolib nomi aytildi
Taniqli teleboshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronalduni va Lionel Messining o‘rtasidagi o‘zaro raqobat 41 yoshli portugalialik futbolchi foydasiga hal bo‘lganini aytdi.
- Muҳim xabar. Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini 125 ta gol bilan yakunladi. Bu futbol tarixidagi ikkinchi natija.
Krishtianu Ronaldo Portugaliya terma jamoasi safida 146 ta gol urgan. Bu futbol tarixidagi eng yaxshi natija.
Shu bilan tarixdagi eng yaxshi futbolchi haqidagi bahslar yakunlandi, - deb yozdi Pirs Morgan ijtimoiy tarmoqda.
Argentina terma jamoasi tarkibida Messi 2022 yildagi jahon chempioni, 2021 va 2024 yildagi Amerika kubogi g‘olibi, 2022 yildagi Finalissima g‘olibi, shuningdek, 2008 yildagi Olimpiada chempioni bo‘lgan.
Krishtianu Ronaldo esa 2016 yildagi Yevropa chempioni va Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi hisoblanadi. U milliy terma jamoalar va Yevropa chempionatlari tarixidagi gollar soni bo‘yicha rekordlarga ega.

Fikrlar