
Messi yana bir rekordni yangiladi
Lionel Messi Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi Avstraliyaga qarshi bahsda to‘liq harakat qildi.
Shu tariqa, argentinalik iste’dod sohibi terma jamoadagi o‘yinlari sonini 169 taga etkazib oldi. Hozircha, maydonga tushgan bahslarida u 94 ta gol urib, 53 bor sheriklari goliga hammualliflik qilgan.
Leo janubiy amerikalik futbolchilar o‘rtasida ko‘p maydonga tushish bo‘yicha Ekvador milliy terma jamoasi sobiq a’zosi Ivan Xurtadoning rekordini yangiladi. U faoliyati mobaynida ekvadorliklar libosida 168 ta bellashuvda mamlakat sharafini himoya qilgan.
FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, terma jamoa uchun o‘yinlar soni bo‘yicha eng yaxshi natija kuvaytlik Badir Al-Mutvaga tegishli, 196 uchrashuv. IFFHS esa malayziyalik Song Chin Annani (219 o‘yin) rekordchi deb hisoblaydi.
Fikrlar