Messi yangi jahon rekordini o‘rnatdi

  • 03.03.2026 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi MLS chempionatida “Orlando Siti”ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi (4:2) va yangi jahon rekordini qayd etdi.

38 yoshli argentinalik futbolchi ketma-ket 22 yil davomida har yili kamida bitta gol urishga muvaffaq boʻlmoqda.

Oʻtgan mavsumda Messi “Inter Mayami” safida 49 ta oʻyinda ishtirok etib, 43 gol va 26 assist amalga oshirgan.

Uning jamoadagi umumiy statistikasi — 90 oʻyinda 79 gol va 44 golli uzatmadan iborat.

Messi 2023 yil iyulidan beri “Inter Mayami”da oʻynayapti. Leo faoliyatining katta qismi “Barselona”da oʻtgan, keyin esa Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubida ikki mavsum toʻp surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!