Messi: Yangi rekordga ikki qadam qoldi
MLS doirasida «Kolambus Kryu» «Inter Mayami»ni qabul qilgan uchrashuvda Lionel Messi jarima zarbasidan gol urdi.
Argentinalik futbolchi uchun bu faoliyatidagi jarima zarbasidan urilgan 76-gol bo‘ldi. Messi shu tariqa mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi Marselinyo Kariokaga yanada yaqinlashdi. Uning hisobida 78 ta jarima zarbasidan urilgan gol bor.
Messi bu golni 1177-uchrashuvida urdi va faoliyatidagi gollari sonini 931 taga yetkazdi. Shuningdek, bu uning «Inter Mayami» safidagi 102-goli va 2026 yildagi mavsumdagi 21-goli bo‘ldi. Argentinalik futbolchi hisobida 424 ta golli uzatma ham bor.
Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» safida o‘ynamoqda.

Fikrlar