Messini “Barsa”ga qaytarish bo‘yicha ish boshlandi
PSJ hukjumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishi mumkin, deb xayuar tarqatdi jurnalist Adrian Grene.
Manbaning takidlashicha, Leoning otasi Kataloniya klubi mutasaddilari bilan bog‘lanib, o‘g‘lining jamoaga qaytishini muhokama qilgan.
Messi “Barselona” tizimida 21 yil davomida faoliyat ko‘rsatdi. U klublar miqyosidagi barcha sovrinlarini kataloniyaliklar safida qo‘lga kiritgan. Bu jamoadagi o‘yinlari orqali eng ko‘p – etti marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi.
Lionel Messi moliyaviy feyr-pley tufayli o‘tgan yozda qadrdon jamoasini tark etishiga to‘g‘ri keldi. Kataloniyaliklar hamon uning o‘rnini munosib tarzda bosadigan o‘yinchi topa olgani yo‘q.
O‘z navbatida, Messining ham PSJdagi o‘yini “Barselona”dagi kabi sermahsul bo‘layotgshani yo‘q. U joriy mavsumda barcha turnirlarda 26 marotaba maydonda tushib, ettita gol urdi va 11 ta assist qayd etdi.

Fikrlar