Messini kelishiga ishonayotgan “Nyuells Old Boyz” uni intizorlik bilan kutmoqda

  • 2 iyul, 2020, 11:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning “Nyuells Old Boyz” jamoasi vitse-prezidenti Kristian D’Amiko “Barselona” sardori Lionel Messi bu jamoaga kelishiga ishonch bildirdi.

Tecno

- Bu Messilar oilasining qaroriga bog‘liq masala. 1993 yili Maradona bizning safimizga qo‘shilishi ham hamma uchun kutilmagan voqea bo‘lgandi. Bu gal bu holat Messi bilan takrorlanishi mumkin, - dedi Kristian D’Amiko.

Ayni paytda Messining kataloniyaliklar bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokara qilyapti. Shunga qaramay, Messi har mavsum yakunida “Barselona”ni erkin tark etish huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!