Messining ketgani bizga foyda!

  • 19.08.2021 16:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos ashaddiy raqib – “Barselona” etakchisi Lionel Messining PSJga o‘tib ketgani madridliklarga qo‘l kelishini ta’kidladi.

- Messining ketgani “Real”ga foyda berishi mumkin, chunki asosiy raqibmiz eng zo‘r futbolchisidan ayrildi. Buning yana bir yaxshi tomoni shundaki, PSJd yulduzlaridan biri bizning safga qo‘shilishi mumkin, - dedi Toni Kroos.

Lionel Messi 2005 yildan beri “Barselona” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. La Liga reglamentiga ko‘ra, Kataloniya klubi feyr-pley qoidasini buzmaslik uchun Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolay olmadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!