Messining ketishiga men javobgarman!

  • 19 noyabr, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta vaqt o‘tishi bilan klub tarixidagi eng zo‘r futbolchi, deb e’tirof etilgan Lionel Messining ketishida javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi.

Xabaringiz bor, 2021 yilgi mavsum boshlanishidan oldin “Barselona” argentinalik yulduz bilan yangi shartnoma imzolashni uddalay olmagan edi. Mesi shundan buyon PSJ sharafini himoya qilib kelmoqda.

- Menga Leoning jamoadan ketgani qattiq ta’sir ko‘rsatdi. Men nima qilishni bilmay qoldim. Uning ketishida barcha javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olishga tayyorman. Biroq, menda variant juda kam edi. Biz boshqacha yo‘l tutmoqchi edik, lekin o‘xshamadi. Leo “Barsa” uning uyi ekanini yaxshi biladi, - dedi Joan Laporta.

Yaqinda Lionel Messi Kataloniyadan ketganidan beri klub xo‘jayini bilan muloqot qilishni to‘xtatib qo‘ygani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!