Messining o‘rniga “Barsa”ning boshqa yulduzini olamiz
Lionel Messi “Al-Hilol” klubining barcha takliflarini rad etdi. Oxirgi marta saudiyaliklar argentinalik yulduzga ikki mavsum uchun 1,2 milliard evro maosh taklif qilgandi.
Evropadagi manbalar Messi saudiyaliklar bilan bir yildan keyin hamkorlik qilishi mumkinligini aytganini yozmoqda.
“Al-Hilol” e’tiborini “Barselona”ning boshqa yulduziga qaratdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular kataloniyaliklar bilan xayrlashib ulgurgan Jordi Albani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
34 yoshli futbolchiga Evropaning bir necha ligalaridan ham taklif bor. Xususan, “Atletiko” uni Ispaniyada olib qolmoqchi. Shuningdek, “Inter” va “Benfika” jamoalari ham Albaga ish berishga tayyor.
Fikrlar