
Messining qaytishi borasidagi xabarlarga Davron Fayziev: "Barsa" shuncha hujumchini qanday o‘ynatadi?
Oxirgi paytlarda "Barselona" o‘zining sobiq yulduzi Lionel Messini ortqga qaytarishi borasida xabarlar ko‘paya boshladi. Ushbu ma’lumotlarga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida o‘z munosabatini bildirdi.
- Kecha Xavi, bugun Laporta Lionel Messini "Barselona"ga qaytarish niyatini bildirishdi. Ayniqsa, Laporta bu borada hali imkoniyat borligini aytishi ko‘p narsani anglatadi. Chunki barcha vakolatlar uning qo‘lida. Bu insonga ishonmaslikka umuman sabab yo‘qligini oxirgi oylar ko‘rsatib berdi. Endi hammasi PSJning pozitsiyasiga bog‘liq.
Bu ideal stsenariy. Meni faqat bir tomoni o‘ylantirmoqda, "Barsa" shuncha hujumchini qanday o‘ynatadi? - dedi Davron Fayziev
Fikrlar