Messining shedevr goli "Inter Mayami"ni Ameriki futboli tarixiga kiritdi

  • 21 iyun, 12:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" Shimoliy Amerika klublari tarixida rasmiy o‘yinda Evropa klubini mag‘lub etgan ilk jamoaga aylandi.

Tecno

19 iyun kuni MLS klubi AQShda bo‘lib o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turida Portugaliyaning "Portu" klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. G‘alaba to‘pini "Inter Mayami" safida Lionel Messi jarima zarbasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritdi.

"MLS jamoasi ilk bor rasmiy musobaqada Evropa klubini mag‘lub etdi. Rekordlar davom etmoqda. Olg‘a, Mayami!" — deyiladi "Inter Mayami"ning ijtimoiy tarmoqdagi xabarida.

Guruh bosqichidagi ikki o‘yindan so‘ng, "Inter Mayami" 4 ochko to‘plagan holda A guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Keyingi turda "Mayami" "Palmeyras" bilan o‘ynaydi, "Portu" esa "Al-Ahli"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!