Messining termadagi 10-raqamini oladigan futbolchi chiqdi

  • 03.09.2026 08:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiyaning “Komo” klubi va Argentina terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Nikolas Pas milliy jamoada ilgari Lionel Messiga tegishli bo‘lgan 10-raqamli futbolkaning yangi egasi bo‘lishi mumkin.

Bu haqida ESPN argentinalik futbol sharhlovchisi Federico Bueno ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Lionel Messi terma jamoadan ketganidan so‘ng hujumchining eng ehtimoliy vorisi sifatida Nikolas Pas ko‘rilmoqda.

Futbolchi 2026 yildgi jahon chempionatida 18-raqam ostida o‘ynagan edi, endi esa orzu qilingan «o‘nlik»ni olishi mumkin. Agar Lionel Skaloni boshchiligidagi murabbiylar shtabi o‘z lavozimlarida qolsa, aynan Pas ushbu raqam ostida terma jamoaning yangi yuziga aylanadi, deb xabar bermoqda manba.

Qayd etish joizki, Pas Italiya jamoasida 10-raqam ostida o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!