
"Metallurg" - "Qo‘qon-1912" o‘yini Olmaliqda emas, baribir Bekobodda o‘tadigan bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida Bekobodning "Metallurg" klubi o‘z maydonida "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi. Ilgariroq, "Metallurg" matbuot xizmati mazkur o‘yin ma’lum sabablarga ko‘ra Olmaliqda o‘tishi borasida xabar tarqatgan edi.
Biroq keyinchalik, klub matbuot xizmati bu noaniq xabar uchun o‘zr so‘radi va o‘yin Bekobodda o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
"Asosiy tarkiblari o‘rtasidagi o‘yin Olmaliq shahrida bo‘ladi degan biroz noaniq axborotimiz uchun uzr so‘raymiz! O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Professional futbol ligasining talabi va tavsiyasiga binoan o‘yin faqat Bekobod shahrida, belgilangan vaqtida o‘tkaziladi.
Demak, 16 mart kuni soat 18:00 dan siz azizlarni "Metallurg" stadionida kutamiz!", - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.
Fikrlar