«Metallurg» kanadalik hujumchisi bilan shartnoma tuzdi
Kanadalik hujumchi Neytan Todd rasmаn magnitogorsklik «Metallurg» jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 30 yoshli forvard «Metallurg» bilan ikki yillik kelishuvga erishdi. Ushbu mavsumda Todd Moskva «Spartak»i va Qozonning «Ak Bars» jamoalari sharafini himoya qilgan. Bundan oldin esa u KHLda Ufa klubi «Salavat Yulaev» tarkibida to‘p surgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum Neytan Toddni «Spartak» tarkibida boshlagan edi. «Qizil-oqlar» safida u 44 o‘yin o‘tkazib, 13 ta shayba muallifi bo‘ldi va 23 marta hamkasblariga gol urishga yordam berdi. Mavsum o‘rtalarida hujumchi «Ak Bars»ga o‘tdi va Qozon klubi uchun muntazam chempionat doirasidagi 17 uchrashuvda 9 ta gol urib, 8 ta golli pas berdi.

Fikrlar