"Metallurg" "Sho‘rtan" yetakchisini qo‘lga kiritdi

  • 26.02.2026 21:51
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Yangi mavsumga reja asosida puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan "Metallurg" tarkibni shakllantirish ishlarida ham faollikni unutmayapti.

Jumladan, yarim himoya chizig‘iga tajribali futbolchi, o‘zbek futboli ishqibozlariga yaxshi tanish bo‘lgan Doniyor Narzullaev taklif etildi. 2021 yil bekobodliklar sharafini himoya qilgan vinger yana "Metallurg"ga qaytdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tajribali futbolchi O‘zbekiston Superligasida 156 ta o‘yinda 10 ta gol urgan va 11 marta sheriklariga golli uzatma yetkazib bergan. Osiyo Chempionlar ligasida 11 uchrashuvda maydonga tushgan (2 ta assist), OChL 2 musobaqasining 2 bellashuvida (1 ta assist) va OFK Kubogida 4 ta o‘yin (1 ta assist) o‘tkazgan. O‘tgan mavsum G‘uzorning "Sho‘rtan" klubi yetakchi futbolchilaridan biri bo‘lib, klub safida Superliganing 26 uchrashuvida 6 ta gol urib, 4 ta golli uzatma yetkazib bergan, qator bellashuvlarda jamoani maydonga sardor sifatida boshlab tushgan. 

Doniyor professional faoliyati davomida "Nasaf", "Metallurg", "Neftchi" va "Sho‘rtan" jamoalari sharafini himoya qilgan. 

Ma’lumot uchun

Doniyor Narzullaev
Tug‘ilgan sanasi: 11.04.1995
Tug‘ilgan joyi: Qarshi shahri
Bo‘yi: 1.81
Ampluasi: Yarim himoyachi
O‘ynagan jamoalari: "Nasaf", "Metallurg", "Neftchi", "Sho‘rtan".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!