“Metallurg” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi

  • 7 yanvar, 2020, 19:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakat Superligasida ketma-ket ikki mavsum beshinchi o‘rinni egallagan Bekobodning “Metallurg” jamoasi 2020 yilgi chempionatga tayyorgarlikning birinchi qismini boshladi. Jamoa a’zolari kecha to‘planishgan bo‘lishsa, bugundan barcha futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi. Shu bilan birga har kuni bir mahaldan jismoniy holatni tiklash maqsadida engil mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganligini aytib o‘tish lozim.

Tecno

Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida jamoa o‘quv-mashg‘ulot mashqlari bilan bir qatorda ko‘rik nazorat uchrashuvlarini ham o‘tkazadi. Jamoada bir qator yangi futbolchilar ko‘rikdan o‘tayotganligini ham aytib o‘tish lozim. Ulardan kimlar bilan shartnoma imzolanganligi haqidagi ma’lumotni tez orada o‘quvchilarimizga etkazamiz.

O‘z navbatida “Metallurg”ni tark etganlar ham yo‘q emas. Klub rahbariyati jamoa bilan rasman xayrlashgan Islombek Isoqjonov, Shavkat Mullajonov, Bahodir Pardaev, Zafar Safaev hamda Doniyor Usmonovlarga “Metallurg” safida o‘tkazgan samarali faoliyati, mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi va ularning kelgusi faoliyatida omad yor bo‘lishini tiladi.

Manba: "Metallurg" telegram rasmiy kanali

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!