"Metallurg"ning yangi legioneri: "Debyut oʻyinimdayoq gol urganimdan juda xursandman"

  • 07.04.2026 13:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston Pro-Ligasi 1-turi doirasida "Yaypan" - "Metallurg" (1:2) uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvdan so‘ng klub matbuot xizmati g‘alaba goli muallifi bo‘lgan Branimir Yo‘chichning taassurotlari bilan qiziqdi.

“Assalomu alaykum. “Yaypan”ga qarshi safar uchrashuvi oson bo‘lmadi. Birinchi bo‘limda u qadar yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadik. Buni tanaffus vaqtida jamoa bilan gaplashib oldik va ikkinchi bo‘limga yaxshi kirishib ketdik. 

Jamoaning irodasi va xarakteri borligini ko‘rsata oldik. O‘yin borishini o‘zgartirib, g‘alaba qozondik. Bekoboddan kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislardan minnatdorman. Ularning borligini maydonda ham sezib harakat qildik. Umid qilamiz, uy o‘yinlarimizda ham ular o‘n ikkinchi o‘yinchimiz bo‘lishadi.

Debyut o‘yinimdayoq gol ura olganimdan juda xursandman. Bu gol nafaqat meniki, balki butun jamoa mehnatining samarasi degan bo‘lardim. 

Keyingi tur uchrashuvini o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. Biz har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz”.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!