Meyvezer yoki Pakyao? Iqboljon Xoldorov o‘z tanlovini ma’lum qildi

  • 5 iyun, 2024, 15:12
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

"Jang' loyihasining navbatdagi haftasiga ham start berdik. Bu hafta bizning "qahramon"larimiz Floyd Meyvezer hamda Menni Pakyao bo‘ladi.

Biz o‘zbek boks olamiz vakillaridan ular o‘rtasidagi tanlovga qiziqishni boshladik. Dastlabki bokschimiz Iqboljon Xoldorov bo‘ldi va u o‘z tanlovini ma’lum qildi.

- "Ikkisi ham afsona va o‘z vazn toifalaridagi eng kuchlilar sanaladi. Ikkisidan bir kuchli deyish qiyinroq. Biroq, statistika "gapiradi". Pakyaoni Floyd mag‘lub qilgan. Qolaversa, Meyvezer faoliyatida biror marta mag‘lub bo‘lmagan. Shunday ekan, ikkisidan birini tanlash kerak bo‘lsa, men Floyd Meyvezerni tanlayman!", - dedi Iqboljon.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!