Meyvezer yoki Pakyao? Umidli bokschimiz Mujibillo Tursunovdan tanlov

  • 06.06.2024 18:19
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

"Jang" loyihasining navbatdagi "qahramon"lari Floyd Meyvezer hamda Menni Pakyao ekanligidan xabaringiz bor. Bu bokschilar orasidagi dastlabki tanlovini Iqboljon Xoldorov amalga oshirgandi. Bu safargi mehmonimiz esa, Mujibullo Tursunov bo‘ldi.

- "Bir so‘z bilan aytganda har ikkisi juda kuchli bokschilar sanaladi. Menni Pakyaoga hurmatni saqlagan holda, aytishim mumkin-ki, Meyvezer undan kuchliroq. Uning jang olib borish uslubi, texnikasi zo‘r.IQ borasida ham ustun. Biror marta mag‘lub bo‘lmaganligi ham uning darajasini belgilab beradi.Mening tanlovim Floyd Meyvezer!", - dedi Mujibillo Tursunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!