Mihail Krivolapov: “Riki Xatton ayiq kabi kuchli edi”
O‘z vaqtida Rikki Xatton bilan ringda to‘qnash kelgan rossiyalik bokschi Mihail Krivolapov 14 sentyabr kuni vafot etgan britaniyalik chempion haqida gapirdi.
"Rikkining ringga chiqqanini ko‘rib, men darrov uning kuchini his qildim – u xuddi ayiqdek kuchli edi. O‘sha paytda tushundim: u mendan kuchliroq. Bu qo‘rquv emasdi, lekin uning qarashida, qo‘l siqishida o‘ziga bo‘lgan ishonch yaqqol sezilardi. U meni ruhiy jihatdan ham sindirdi. Jang davomida Riki tezlik va kuch bilan meni to‘liq bosim ostiga oldi. Dastlab himoyada ishlaymiz deb o‘ylagandim, biroq u meni mayda mushukchadek ura boshladi. To‘qqizinchi raundda jangni to‘xtatishdi, lekin men uchun u go‘yo bir lahzada o‘tib ketdi. Men odatda raqibni his qilib, ko‘p yurishli kombinatsiyalar qilardim, biroq Rikkining bosimi ostida hech narsa o‘xshamadi. U doim oldinga yurdi, meni siqib bordi va juda kuchli zarbalar berdi. Bunday zarbalarni men boshqa hech kimda uchratmadim", - dedi Mihail.
Eslatib o‘tamiz, Rikki Xatton professional faoliyatida 45 jang o‘tkazib, 43 ta g‘alabaga erishgan, ulardan 31 tasini nokaut bilan yakunlagan. U super engil hamda yarim o‘rta vazn toifalarida jahon chempioni bo‘lgan va Britaniya boks tarixida o‘chmas iz qoldirgan.
Fikrlar