"Milan" 5 nafar hujumchini "nishonga oldi"

  • 31 mart, 2021, 00:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Milan" rahbariyati jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun 5 ta nomzodni ko‘z ostiga olib qo‘ydi. Ulardan biri shu yoz sotib olinishi mumkin.

Calciomercato tarqatgan xabarga ko‘ra, nomzodlar orasida Dushan Vlaxovich ("Fiorentina"), Andrea Belotti ("Torino"), Doniell Malen (PSV), Mayron Boadu (AZ) va Odson Eduar ("Seltik") bor.

Hozircha “rossonerilar” ustozi Stefano Pioli qo‘l ostida Rafael Leau, Zlatan Ibragimovich va Mario Manjukich kabi hujumchilar bor. Ammo Zlatan va Mario futbol uchun yosh emas.

O‘z navbatida “Milan” ham ayni moliyaviy inqroz davrida qimmat transferlarni amalga oshira olmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!