"Milan" argentinalik futbolchisidan tezroq qutilmoqchi
"Milan" yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida himoyachi Mateo Musakkiodan qutilmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "rossonerilar" 29 yoshli argentinalik futbolchini 8-10 million evro atrofiga sotishni rejalashtirmoqda.
Musakkio "Milan" safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 73 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Unga esa "Valensiya"dan qiziqishlar mavjud.

Fikrlar