"Milan" "Chelsi" bilan muzokaralarni to‘xtatdi

  • 05.07.2021 10:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "Milan" Hakim Ziesh va Temue Bakayokoning transferi masalasida "Chelsi" bilan o‘tkazayotgan muzokaralarini vaqtincha to‘xtatib qo‘ygan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” ushbu ikki futbolchiga bo‘lgan talab yuqori ekanidan va raqobatdan cho‘chimoqda. Shu bois, “Milan” rahbariyati bu borada o‘ylab olish uchun ma’lum muddat so‘ragan. Ular ayni damda Ziesh va Bakayokoga muqobil izlamoqda.

Bakayoko o‘tgan mavsumni "Napoli" safida ijarada o‘tkazdi va A Seriyada 32 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ziesh yakunlangan mavsum “Chelsi” safida APLda 23 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!