
"Milan" Donnarumma o‘rniga 2 ta o‘rinbosar topib qo‘ydi
“Milan” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma yozgi transferlar davrida katta ehtimol bilan jamoani tark etadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra tomonlar 2021 yilda yakunlanadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olishmayapti. Shu bois “rossonerilar” ham taqdirga tan bergan holda uni sotuvga qo‘yishmoqchi.
“Milan” uning o‘rniga “Napoli”ning 22 yoshli posboni Aleks Mereta yoki “Udineze”ning 25 yoshli darvozaboni Xuan Mussodan birini olib kelmoqchi.
Fikrlar