"Milan" Emersonni xarid qilmoqchi
Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, "Barselona" himoyachisi Emerson faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, italiyaliklar klubi ayni vaqtda "Betis" safida ijara asosida to‘p surayotgan futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Joriy mavsumda Emerson barcha turnirlarda 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 5 gollik uzatma muallifi bo‘lgan.
Fikrlar