"Milan" futbolchisi APLda qolib ketishiga yaqin
"Milan" futbolchisi Samuel Chukvueze doimiy ravishda APLda o‘ynashi mumkin. Bu haqda "Calciomercato" nashri xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, hozirda futbolchi "Fulxem" safida ijara asosida harakat qilib kelmoqda. Biroq Britaniya klubi 26 yoshli hujumchini to‘liq sotib olishni xohlamoqda. "Fulxem" Samuelni sotib olishi uchun Italiya klubiga 28 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Klub Chukvuezening transferini amalga oshirish uchun bu mablag‘ni sarflashga tayyor.
Forvardning hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 10 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, nigeriyalik futbolchi joriy mavsum "Fulxem" safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kirtdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar