
"Milan" ham mashg‘ulotlarni qachondan boshlashini e’lon qildi
Xabaringiz bor, A Seriya jamoalar birin-ketin mashg‘ulotlarsha kirisha boshladi.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Milan" ham 8 may sanasidan boshlab mashg‘ulotlarga kirishadi. “Rossonerilar” ham hukumat ruxsatidan so‘ng shug‘ullanishni 4 maydan boshlashlari mumkin edi. Ammo, ular dastlab barcha futbolchilarini koronavirusga qarshi testdan o‘tkazib olishmoqchi.
“Milan” o‘tkazilgan 26 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 36 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar