
"Milan" hujumchisi jamoaga qaytmoqchi emas
Mavsumni "Ayntraxt" tarkibida ijarada o‘tkazayotgan “Milan” hujumchisi Andre Silva yangi mavsumda ham frankfurtliklar safida qolmoqchi.
“Men so‘nggi paytlarda ajoyib formaga chiqdim. Ammo, hamma koronavirusga qarshi kurashish haqida o‘ylayotgan bir paytda men ham boshqa narsa haqida o‘ylay olmayman. Eng muhimi bu inson sog‘ligidir.
Menga Bundesliga, bu erdagi odamlar, muxlislar yoqadi. “Ayntraxt”da qolishimga yana sabablar ko‘p”, - deydi portugaliyalik futbolchi.
Andre Silva joriy mavsum “Ayntraxt” safida 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar