"Milan" Ibragimovichni qo‘lga kiritish uchun Pentekni sotib yuborishga tayyor

  • 27.11.2019 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Milan" klubi shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichni sotib olish fikridan qaytmayapti.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "rossonerilar" xatto uni qo‘lga kiritish uchun polshalik hujumchisi Kshishtof Pentekni sotib yuborishga tayyor.

Gap shundaki, “Milan” rahbariyati Pentekning o‘yinlaridan qoniqmayapti va shu bois uni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Milan” Ibragimovich uchun begona emas. U 2010-2012 yillarda “rossonerilar” safida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!