
"Milan" Ibragimovichning jamoaga qaytayotganini e’lon qildi (video)
Italiyaning “Milan” klubi shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovichning yana jamoaga qaytayotganini ma’lum qildi.
Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 38 yoshli futbolchi “rossonerilar” bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolagan. U yarim yilda 3 mln evro maosh oladi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich 2010-2012 yillarda ham “Milan”da to‘p surgan va 85 ta o‘yinda 56 ta gol urgan.
Fikrlar