
“Milan” Ibrohimovich o‘rnini bosadigan hujumchi olyapti
“Milan” rahbariyati jamoaning asosiy to‘purariga aylangan Zlatan Ibrohimovich o‘rnini bosa oladigan hujumchi oladigan bo‘ldi.
Milanliklar bu vazifani “Torino”ning ko‘p yillik hujumchisi Andrea Belotti uddalashiga ishonch bildirmoqda. “Milan” rahbarlari 27 yoshli to‘purarni qo‘lga kiritish uchun “Torino”ga 30 million evro taklif qilmoqda.
Katta iste’dod sohibi bo‘lgan Belotti sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilish o‘rniga A Seriyada jon saqlash uchun kurashib yuribdi. Shu bois, hujumchining o‘zi ham kuchli klubga o‘tishni orzu qilyapti.
Belotti “Torino” tarkibida A Seriyada 197 ta o‘yinda qatnashib, 90 ta gol urgan va 30 ta golli pas oshirgan. Uning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi.
Fikrlar