"Milan" Jiru bilan shartnomani uzaytirdi
Italiyaning amaldagi chempioni "Milan" etakchilaridan biri bo‘lgan frantsiyalik tajribali hujumchi Olive Jiru bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, milanliklar 36 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan yangi bitim bo‘yicha endi ortiqcha muammolarga duch kelmaydi. Unga ko‘ra, yangi kelishuv 2024 yilning iyunigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Jiruning "Milan" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan edi. Hujumchining o‘zi yana bir mavsum Italiya klubida qolishga qarshi emasligini bildirdi va o‘z o‘rnida rahbariyat bu taklifni javobsiz qoldirmadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Olive Jiru "qizil-qoralar" tarkibida Italiya chempionatining 13 ta bahsida maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar