"Milan" Kalabriya bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Milan" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Davide Kalabriya bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sport Italia muxbiri Janluka Di Martsio xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” allaqachon ushbu masala yuzasidan 23 yoshli futbolchining agenti bilan uchrashishgan. Ta’kidlash kerakki, Kalabriyaning klub bilan amldagi kelishuvi 2022 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Kalabriya joriy mavsum “Milan” safida A Seriyada 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar