
"Milan" "Liverpul" futbolchisini tekinga ham olishni xohlamayapti
"Liverpul" klubi yarim himoyachisi Adam Lallana "Milan"ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “rossonerilar” yozda mersisaydliklar bilan shartnomasi tugaydigan va erkin agentga aylanadigan 31 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolash fikridan qaytishgan. Biroq, unga A Seriyaning boshqa bir jamoasi - “Latsio”dan ham qiziqishlar bor.
Lallana “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar