"Milan" "Lokomotiv" futbolchisiga qiziqmoqda

  • 23.04.2020 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik jurnalist Nobel Arustamyanning so‘zlariga ko‘ra "Milan" hali ham "Lokomotiv" xavbeki Aleksey Miranuchkni sotib olish fikridan qaytgani yo‘q.

“Milan” qishda Miranchukning transferi bo‘yicha taklif yuborgan. Bu pulli taklif edi. “Milan” hozir ham futbolchiga nisbatan qiziqishini yo‘qotmagan”, - deydi jurnalist.

Qishda “rossonerilar” taklif qilgan mablag‘ moskvaliklarga ma’qul kelmagani bois Miranchuk masalasidagi taklif rad etilgan. Aytish kerakki, “temiryo‘lchilar” uni 18 mln evroga baholashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!