“Milan” “Manchester Siti” himoyachisini sotib olishni niyatida
"Manchester Siti"ning niderlandiyalik himoyachisi Natan Ake faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tribal Football jurnalistlari xabariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining yozgi transferiga "Milan" qiziqish bildirmoqda. "Rossoneri" o‘tgan yili Akega qiziqish bildirgandi, ammo kelishuv amalga oshmadi. Italyaliklar 2025/2026 yildgi mavsum oxirida muzokaralarni davom ettirish niyatida.
Natan "shaharliklar" safida 2020 yilning avgustidan buyon to‘p surib kelmoqda. Niderlandiyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Uning bozor qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.
Fikrlar
Saytingizdagi dark rejim funksiyasidan foydalanishda bir muammo kuzatildi. Dark rejim tugmasini bosib yoqqanimdan so‘ng, sahifadagi xabarni o‘qib bo‘lib boshqa xabarga o‘tsam, bosh sahifaga qaytsam yoki brauzerda bir qadam orqaga qaytsam — dark rejim o‘chib qolmoqda.
Foydalanuvchi sifatida, dark rejim bir marta yoqilgandan keyin boshqa sahifalarga o‘tilganda ham saqlanib turishi qulay bo‘lardi. Bu nafaqat ko‘zni asraydi, balki saytni yanada foydalanuvchi uchun qulay qiladi.
Shu sababli, dark rejim sozlamasini cookie yoki local storage orqali saqlab, foydalanuvchi boshqa sahifalarga o‘tganda ham u yoqilgan holatda qolishini ta’minlab berishingizni so‘rayman.
E’tiboringiz uchun rahmat.