
"Milan" muxlislari xotirjam bo‘lishlari mumkin
“Milan” klubi hujumchisi Zlatan Ibragimovich jarohatidan forig‘ bo‘ldi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi bugundan umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilgan.
Zlatan 1 may kuni A Seriyaning navbatdagi turidan o‘rin olgan “Benevento”ga qarshi bellashuvda jamoasiga yordam berishi mumkin.
“Rossonerilar” kecha chempionatning 33-turida “Latsio”ga (3:0) yirik hisobda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa “Milan” 2-o‘rindan birdaniga 5-o‘ringa tushib ketdi.
Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida jami 25 ta o‘yinda ishtirok etdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar