"Milan" osiyoliklar qo‘liga o‘tadi! Ammo xaridor Xitoy, Saudiya yoki BAA dan emas

  • 16 aprel, 2022, 17:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Reuters xabariga ko‘ra, "Milan"ning xo‘jayini o‘zgarishi mumkin.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Bahraynda joylashgan Investcorp investitsiya kompaniyasi "rossonerilar"ni hozirda klub egasi bo‘lgan Elliott Management dan sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Qayd etilishicha, kelishuv allaqachon yakuniy bosqichda va uning qiymati «Milan»ning qarzlarini hisobga olgan holda bir milliard evroga yaqin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Investcorp - bu xususiy kapital, ko‘chmas mulk, kredit boshqaruvi va strategik kapital kompaniyasi. Ular 42 milliard dollardan ortiq aktivlarga egalik qilishadi va Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib A Seriya klubiga egalik qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!