"Milan" o‘z etakchisini noma’lum muddatga yo‘qotdi

  • 23 noyabr, 2020, 11:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Milan" forvardi Zlatan Ibragimovich jarohat olib safdan chiqdi.

39 yoshli shvetsiyalik futbolchi kecha "Napoli"ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda mushaklaridan jarohat olgan va 79-daqiqada zaxiraga olingan. Uning qachon safga qaytishi tez orada o‘tkaziladigan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Ibragimovich joriy mavsum “Milan” safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!