"Milan" o‘ziga Angliyadan zo‘r himoyachi topdi

  • 6 may, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning "Norvich" klubi himoyachisi Endryu Omobamidele yangi mavsumni Italiya yoki Frantsiya chempionatida boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Irish Independent nashri.

Manbaga ko‘ra, 20 yoshli futbolchining xizmatlariga "Nitstsaa" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda. “Norvich” rahbariyati esa potentsial xaridorlar bilan muzokaralar olib borishga tayyor. Britaniyaliklar himoyachining transferini 23 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsum Endryu Chempionshipda 33 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi. Omobamidelening "Norvich" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!